DANTE: RENESSANSLAR CHORRAHASIDA

G‘arbda XIII-XIV asrlarda yuz bergan Yevropa Renessansi, aslida, IX-XII asrlarda mintaqamizda amalga oshirilgan Birinchi Sharq Uyg‘onish davri – «Islom Renessansi»ning yangi mantiqiy davomi hisoblanadi. Bunda Yevropa xalqlari Sharq xalqlari orqali birinchidan, antik dunyo ilm-fani, Qadimgi Sharq madaniyati yutuqlarini;   ikkinchidan, O‘rta Osiyo, Eron va Arabistondan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar taʼlimoti, kashfiyotlari, ilmiy tajribalari hosilasini;   uchinchidan, Sharq xalqlari adabiyotida kuylangan g‘oyalar, qo‘llangan usul, uslub va ohanglarni o‘rgangan hamda izchil o‘zlashtirgan.  O‘z navbatida, dunyoning deyarli yarmini egallagan, buyuk saltanatga asos solgan Sohibqiron Amir Temur Sharq va G‘arb madaniyati, maʼrifati va maʼnaviyatiga birdek bag‘rikenglik va rag‘bat bilan qaragani tufayli XIV- XVI asrlardagi Ikkinchi Sharq Uyg‘onish davri – «Temuriylar Renessansi»ga asos solingan. Keyingi bosqichda yana G‘arb madaniy hayotda Sharqning merosxo‘ri bo‘lib maydonga chiqqan. G‘arbning daho shoiri Dante Aligyeri (1265-1321) Birinchi Sharq Uyg‘onish davri bilan Yevropa Renessansi davri oralig‘ida yashab o‘tgan ulug‘ ijodkordir. Demakki, u Sharq Renessansi qaynarbuloqlaridan suv ichib, G‘arb Uyg‘onish davri bog‘larini yashnatgan.   Dantening ijodi Ikkinchi Sharq Uyg‘onish davrida ham jahon afkor ommasi, ayniqsa, madaniyat, adabiyot va sanʼat muxlislari eʼtiboridan chetda qolmagan. Shu maʼnoda, bugun biz poydevorini barpo etayotgan Uchinchi Renessans uchun ham G‘arb daho shoiri va uning o‘zbek tili bo‘yicha buyuk tarjimoni Abdulla Oripov ijodi katta ahamiyatga ega. Ushbu kitobda ana shu mavzularda so‘z boradi.   Yuridik fanlari doktori, akademik O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Akmal Saidovning ushbu kitobi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. 

Uzbek