Dasturiy mahsulotlar

Amir Alisher'in Türk dünyası naveistlerinin büyük ilgisini çeken kitabı Türkçe olarak yayımlandı. Aslen Azericeye tercüme edilen bu bilimsel risalede, Alisher Navoi'nin hayatı, faaliyetleri, devlet adamı olarak çalışmaları ilk yazılı kaynaklara dayanılarak incelenmiştir. Karşılaştırmalı-tipolojik ve metinolojik analizleri yapılarak, 20. yüzyıl öncesi dönemde oluşturulan bilgilerin ilk kaynaklardan farklılaşma derecesi belirlendi. Bu kitapta yazar Shuhrat Sirojiddinov'un uzun süreli araştırma ve araştırmalarının sonuçları kısa ve kronolojik bir sırayla sunulmaktadır. Bu monografi Türkçe çevirmen ve edebiyat eleştirmeni Bülent Bayram tarafından çevrilmiştir.

Yuklab olish

Dunyo navoiyshunoslari tomonidan katta qiziqish bildirilgan Amir Alisher kitobida Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati, davlat arbobi sifatida amalga oshirgan ishlari ilk yozma manbalar asosida qayta ko‘rib chiqilgan. Ularni qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlildan o‘tkazish orqali XX asrgacha bo‘lgan davrda yaratilgan ma’lumotlarning ilk manbalardan farqlanish darajasi aniqlangan. Mazkur kitobda muallif Shuhrat Sirojiddinovning uzoq yillik izlanish va tadqiqotlarining natijalari qisqa va xronologik ketma-ketlikda keltirilgan. Mazkur monografiya Ozarbayjon, Turkiya respublikalarida nashr etilgan.

Yuklab olish

In the book of Amir Alisher, which is of great interest to Navoi scholars of the world, Alisher Navoi's life and activities, as well as his work as a statesman, are reviewed based on the first written sources. By conducting their comparative-typological and textological analysis, the degree of differentiation of the information created in the period before the 20th century from the first sources was determined. In this book, the results of the author Shuhrat Sirojiddinov's long-term research and research are presented in a short and chronological order.

Yuklab olish

 Abdulla Qahhor o‘zbek hikoyanavisligining eng oldi shaxslaridan hisoblanadi. Xususan, uning “Bemor”, “Anor”, “Dahshat”, O‘g‘ri”, “Mayiz yemagan xotin”, “Adabiyot muallimi”, “Kampirlar sim qoqdi” kabi hikoyalari qisqaligi va shu bilan birga ta’sirchanligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘zining mustahkam o‘rniga egadir. Ushbu mobil ilova orqali Siz adibning “Anor” to‘plamiga kirgan eng mashhur hikoyalari bilan tanishasiz.

Yuklab olish

Taniqli dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yili Samarqandda tug‘ilgan. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga ko‘tariladi. Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903-04), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolai asbobi savod» («Savod chiqarish kitobi», 1904), «Risolai jug‘rofiyai umroniy» («Aholi geografiyasiga kirish», 1905), «Muntahabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiya», 1906), «Kitobat ul-atfol» («Bolalar xati», 1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblar chop ettiradi.

Yuklab olish

Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 1483-yil 14-fevral – 1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo naslidan bo‘lsa, ona tomonidan Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi.

Otasi tomondan:

  1. Amir Temur ko‘ragon (1336-1405)
  2. Mironshoh Mirzo (1366-1408)
  3. Sulton Muhammad Mirzo (1398-1444)
  4. Sulton Abu Said ko‘ragon (1424-1469)
  5. Umarshayx Mirzo ko‘ragon (1456-1494)
  6. Bobur (1483-1530)

Onasi tomondan:

  1. Tug‘luq Temurxon (1329-1362)
  2. Xizr Xo‘jaxon (1358-1399)
  3. Muhammadxon (? - 1416)
  4. Sharalixon (taxtga chiqmagan )
  5. Uvaysxon (1418-1425-yillarda)
  6. Yunusxon (1468-1487)
  7. Yunusxonning qizi Qutlug‘ Nigorxonim (1457-1504)
  8. Bobur (1483-1530)

Yuklab olish

 Daftar  hoshiyasidagi bitiklar

O‘zbekiston xaql yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asari yozuvchi ta’kidlaganidek, 40 yil davomida ko‘rgan-kechirganlari haqida yozilgan hayot falsafalari sanaladi. Asar quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:

1. Tabiat. Jamiyat. Inson.

2. Farzandlarimga o‘gitlar.

3. Urushlar haqida.

4. Bolalik – poshsholik.

5. Sakkizinchi mo‘jiza

6.Tabassumga moyil gaplar.

Yuklab olish

Abdulla Qahhor o‘zbek hikoyanavisligining eng oldi shaxslaridan hisoblanadi. Xususan, uning “Bemor”, “Anor”, “Dahshat”, O‘g‘ri”, “Mayiz yemagan xotin”, “Adabiyot muallimi”, “Kampirlar sim qoqdi” kabi hikoyalari qisqaligi va shu bilan birga ta’sirchanligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘zining mustahkam o‘rniga egadir. Ushbu mobil ilova orqali Siz adibning “Anor” to‘plamiga kirgan eng mashhur hikoyalari bilan tanishasiz.

Yuklab olish

Abdulla Qahhor o‘zbek hikoyanavisligining eng oldi shaxslaridan hisoblanadi. Xususan, uning “Bemor”, “Anor”, “Dahshat”, O‘g‘ri”, “Mayiz yemagan xotin”, “Adabiyot muallimi”, “Kampirlar sim qoqdi” kabi hikoyalari qisqaligi va shu bilan birga ta’sirchanligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘zining mustahkam o‘rniga egadir. Ushbu mobil ilova orqali Siz adibning “Anor” to‘plamiga kirgan eng mashhur hikoyalari bilan tanishasiz.

Yuklab olish

 "Dunyoning ishlari“ — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda “Sharq nashriyoti” tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi. Jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. Oʻtkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”.

Yuklab olish

 “Ikki eshik orasi“ — Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Asar yozuvchi ijodiy merosida asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. Asarda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligini mahorat bilan tasvirlangan. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, koʻngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari oddiy odamlarning fazilatlari — mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini haqida soʻzlaydi. Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran oʻrgangani uchun har bir epizod oʻquvchini qalbiga jiddiy taʼsir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar shuningdek, yozuvchining oʻziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan toʻqqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bogʻlagan.

Yuklab olish

 Habibulla Qodiriy “Otam haqida” kitobida Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” hikoyasi to‘g‘risida: “...bu hikoya dadamning aytishlaricha, 1916-yilda yozilgan. Lekin birinchi bor 1921-yilda “Sharq chechagi” jurnalida bosiladi”, deb ma’lumot beradi. Bu bolalar jurnali maorif komissarligiga qarashli bo‘lib, birinchi  soni o‘sha yili bahorida “Bolalar dunyosi” nomi bilan bosiladi. Ikkinchi sonidan jurnal­ning nomi “Sharq chechagi”ga o‘zgaradi. Unda Sanjar Siddiq, Elbek, Cho‘lpon va boshqalar faoliyat ko‘rsatadi. Julqunboy  unda “Jinlar bazmi” hikoyasi bilan qatnashgan.

Yuklab olish

Layli va Majnun haqida ilk bor 1188-yilda ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy doston yaratgan. Ammo u asarni Xusrav va Shirin deb nomlagan va hikoya ular haqida soʻzlaydi. Nizomiy „Layli va Majnun“ dostonini ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan har tomonlama yuksak darajaga koʻtardi va xamsachilik anʼanalari qatoriga qoʻshdi. Undan soʻng „Layli va Majnun“ dostoniga koʻplab shoirlar murojaat qilishdi. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Alisher Navoiy qalamlariga mansub „Layli va Majnun“ dostonlari mashhur. Garchi ushbu dostonlar bitta nom bilan atalsa va ulardagi voqealar tizimi bir-biriga juda oʻxshash boʻlsada, har bir muallifning „Layli va Majnun“i oʻziga xos va betakror asardir. Hozirgacha mazkur dostonning oʻzbek, arab, fors, ozarbayjon, turk, turkman, tojik, gruzin, panjob, kurd, urdu tillaridagi koʻplab variantlari mavjud. „Layli va Majnun“ dostoni xalq ogʻzaki ijodi ravnaqiga ham beqiyos ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Jumladan, oʻzbek xalq ijodiyotining „Tohir va Zuhra“, „Oshiq Gʻarib“ kabi dostonlariga „Layli va Majnun“ning taʼsiri borligi eʼtirof etiladi.

Yuklab olish

Lison ut-tayr (arab. – „Qush tili“) – Alisher Navoiyning dostoni, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Asar 1498 – 99-yillarda yozilgan. Navoiy asar syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. „Lison ut-tayr“ – falsafiy doston boʻlib, shoir unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvuriy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olgʻa suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi. Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan.„Lison ut-tayr“ dostoni 3598 baytdan (176 kichik bobdan) iborat boʻlib, aruz vaznining ramali musaddasi maqsur (foilotun – foilotun – foilon) vaznida yozilgan. Asardagi boblar alohida epizodlardan, savol-javoblardan, kichik hajmli hikoya va masallardan tashkil topgan. Asardagi hikoyalarda Navoiy buyuk hikoyanavis sifatida koʻzga tashlanadi.

Yuklab olish

„Mahbub ul-qulub” (“Koʻngillarning sevgani”) 1500-yilda Alisher Navoiy tomonidan yozilgan asardir. Asar oʻzaro bogʻliq 3 qismdan iborat. 1-qism 40 faslni oʻz ichiga oladi. Bunda muallif oʻz davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq hislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla oʻzaro qofiyadosh. Asarning sajda yozilishi unga alohida badiiy nafosat bagʻishlagan. Asarga baytlar, ruboiylar kiritilib, ular ulugʻ shoir va mutafakkirning hayot haqidagi xulosalarini mujassamlashtirgan. Mahbub ul-qulub Alisher Navoiy asarlari tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Uning turli vaqtda koʻchirilgan bir qancha qoʻlyozmalari Toshkent, Sankt-Peterburg, Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.

Yuklab olish

 Abdulla Qahhor o‘zbek hikoyachiligining yetuk namoyondalaridan biri edi. G‘afur G‘ulom bejizga “qahhorona qisqalik” iborasini ishlatmagan. Abdulla Qahhor bir varoqlik hikoyalariga ham butun kitoblarning zalvorli yukini jo qila olgan. Uning yozgan hikoyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini, g‘oyaviy muhimligini saqlab qola olgan. Xususan, uning “Bemor”, “Adabiyot muallimi”, “To‘yda aza” kabi hikoyalari shunday jonli ijod namunalari bo‘lib, ma’lum bir zamon o‘tgach, o‘ladigan hikoyalardan emas. “Mayiz yemagan xotin” hikoyasining asosiy Hikoyaning asosiy maqsadi ham mulla Norqo‘zi kabi eskicha fikrlaydigan odamlarni fosiq, ziqna, ilmsiz yoki ozroq ilmi bilan kishilarga aql o‘rgatishga urinadigan chalasavod, o‘zini o‘ylovchi xudbin qilib ko‘rsatishdir. Hikoyada bunga erishiladi ham. Shundan so‘ng, ikkinchi maqsad - ayollarni paranjini tashlashga, paranjisiz emas, paranji ostidagi ayollar o‘z bilganlarini qilishlarini uqtirishga o‘tiladi.

Yuklab olish

 “Mehrobdan chayon” –  oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Roman mavzui 19-asr hodisalari — „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh — sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslar tomonidan yozuvchining jiddiy yutugʻi deya hisoblanadi.  “Mehrobdan chayon“ romanida xonliklar davri zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinadi. Adib amalda realizm mavqeida turgan tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali Solih maxdum tabiatiga xos “maqtab boʻlmaydigan” xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi.

Yuklab olish

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘rta maktabdan so‘ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978-yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “O‘zbekiston ovozi” gazetasida ishladi. Umrining so‘nggi yillarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi. U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlar, ko‘plab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976-yili e’lon qilindi. So‘ngra “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko‘nglimda bir yor” (1991), “Bevafo ko‘p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolg‘onchi yor” (1994) kabi she’riy to‘plamlari, saylanmalari nashr etildi.1989 yilda esa “Uyqudagi qiz” nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi. 1998 yili Muhammad Yusufga “O‘zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.

Shoir 2001-yilning 1-avgust kuni 47 yoshida olamdan o‘tdi.

Yuklab olish

Muhammad Yusuf o‘zbek xalqining sevimli shoirlaridan biridir. U qisqa umr ko‘rsa-da, o‘z asarlari bilan kitobxonlar qalbida iz qoldira olgan xalqning sevimli va erka shoiridir. Muhammad Yusuf tom ma’nodagi xalq shoiri. U xalqning yuragidagi dardlarini yaxshi his eta olgan. Shu sababdan ham uning she’rlari mehnatkash xalqi kabi sodda, samimiy va kitobxon ko‘ngliga yaqin va tilga tez o‘rnab qoladi. Shoir o‘zi bu haqida shunday deydi: “Men she’rni faqat ko‘chadan izlab, ko‘chadan topaman. Kitob o‘qib she’r yozmayman. Kitobdan nasr topish mumkindir, ammo haqiqiy she’r – odamlar orasida. Ularni ko‘ngil ko‘zi bilan qog‘ozga tushira bilish lozimdir”.

Yuklab olish

 “Odam boʻlish qiyin” – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻlmas Umarbekov qalamiga mansub roman. Asar adibning ilk romani boʻlib 1969-yilda yozilgan. Roman yozuvchining ilk katta asari boʻlsa-da, yaxshi muvaffaqiyat qozongan va ellik yildan beri qayta-qayta nashr etilmoqda. Asar sovet va undan keyingi davrlarda bir qancha tillarga tarjima qilinib nashr etilgan. Ilk bora 1970-yilda „Yosh Gvardiya“ nashriyoti tomonidan nashr etilgan. 1972-yilda rus tiliga tarjima qilinib, „Зелёная звезда“ nashriyotida nash etilgan. Oʻtgan asrning ikkinchi yarmida Oʻzbek adabiyotida Oʻlmas Umarbekovning “Odam boʻlish qiyin” romani tugʻildi. Asar real voqealarga asoslanib yozilgandek oʻziga jalb etadi. Asarda ota-onaga hurmat, qadr-qimmat, odamiylik tuygʻulari, yosh qalbning tuygʻulari, oʻzbeklarning sodda va mehribonligi, oʻspirin bolaning orzulari va shunga oʻxshash voqealar ibrat qilib yoritib berilgan. Unda Oʻzbek ayolini yaqqol namoyon etgan Hojar buvi (Zavod aya yoki „Otinbibi“), kuni faqat qora mehnatda oʻtadigan qoʻllaridan har doim benzin isi alqab turadigan Obid aka, oʻzining jonkuyar mehnati uchun „Qahramon unvoni“ni olgan qishloqning oldi odami Yusuf aka, Maktabda yaxshi xulqi va aʼlo baholar bilan oʻqib kelayotgan Abdulla va Qishloqning aqlli qizi Gulchehraning hayotidan hikoya qilingan. Asar qahramonlari Abdulla, Gulchehra, Samad, Sayyora kabi endigina maktabni bitirgan, katta hayot ostonasida turgan yoshlardir. Ularning har birini oʻz maqsadi, oʻz rejalari bor.

Yuklab olish

 “Otamdan qolgan dalalar” –  Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murod qalamiga mansub 1986—1991-yillarda yozilgan ramziy roman. Ilk marotaba „Yoshlik“ jurnalining 1993-yildagi sonida qisman elon qilingan.

“Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Togʻay Murod 1993-yilda Qodiriy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.  Asar asosida 1998-yilda rejissor Shuhrat Abbosov tomonidan shu nomli toʻliq metrajli film suratga olingan.

Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi.

Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari — toʻgʻrisoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan tasvirlaydi. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Roman markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bogʻliq, oʻzbekning ramzi degulik mehnatkash inson — bosh qahramon Dehqonqul tilidan soʻzlab beriladi.

Yuklab olish

 Ertak — xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. E. Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. E. hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. E.larda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, E.ni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan E., hayotiy uydirmalar asos boʻlgan E.larga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi E. syujeti mo'jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan E. syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. E.da, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aql-idroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.

Yuklab olish

Saddi Iskandariy („Iskandar devori“) – Navoiy “Xamsa”sining yakunlovchi dostoni. (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Hamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar toʻgʻrisida doston yozib, oʻz „Hamsa“lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qurʼoni Karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18 sura, 83 —98 oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrni bitta shaxs deb bilishgan va u sharqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur boʻlgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy toʻqima obrazga aylana borgan. Har bir hamsanavis Iskandar timsolida oʻz ideallarini talqin etishga harakat qilgan. Navoiy talqinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartib qoidalarni katta olamdagi tartib qoidalarga muvofiqlashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa so'fiyona talqin boʻlib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini koʻrish mumkin. Masalan, Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni koʻrib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qoʻlini tobutdan chiqarib qoʻyishlarini soʻraydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyoning hoy-u havaslariga ortiqcha ruju qoʻymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir boʻlsada, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi.

Yuklab olish

 Xudoyberdi Toʻxtaboyev (1932-yil 17-dekabr, Oʻzbekiston tumani — 2021-yil 21-mart) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Qoʻqon pedagogika bilim yurtini (1949), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1955). Oʻrta maktabda oʻqituvchi va direktor (1955— 58), „Toshkent haqiqati“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1958— 1962), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1962—1970) gazetasida, „Guliston“ jurnalida (1970—1972), „Yosh gvardiya“ nashriyotida (1972) boʻlim mudiri va bosh muharrir oʻrinbosari (1974— 1976), „Gulxan“, „Yosh kuch“ jurnallarida bosh muharrir (1977- 1980), „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1980—1998). Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, felyetonlar yozgan. Badiiy ijod bn XX asr 50-yillarida shugʻullana boshlagan. Ilk hikoyalar toʻplami — „Shoshqaloq“ (1961). „Felyetondan keyin“ (1962), „Sir ochildi“ (1963), „Sehrli qalpoqcha“ (1964) singari qissalari, „Muhabbat qoʻshigʻi“ (1967), „Jonginam, shartingni ayt“ (1969), „Konizar yulduzlari“ (1978), „Omonboy bilan Davronboy sarguzashti“ (1974) va boshqa asarlar muallifi. „Sariq devni minib“ romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin „Sariq devning oʻlimi“ (1973), „Besh bolali yigitcha“ (1976), „Qasoskorning oltin boshi“ (1981), „Yillar va yoʻllar“ (1983), „Shirin qovunlar mamlakati“ (1986), „Mungli koʻzlar” (1988), „Jannati odamlar“ (1996) romanlari nashr etildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning oʻziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yoʻsinda mahorat bilan tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev oʻzbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari rus, ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilinib, 28ta mamlakatida nashr etilgan.

Yuklab olish

 “Yulduzli tunlar” – oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida soʻz yuritiladi. Qodirov mazkur roman ustida oʻn yil (1969—1978) davomida ish olib borgan[1]. „Yulduzli tunlar“ga „Boburnoma“ hamda „Humoyunnoma“ asarlari asosiy manba boʻlib xizmat qilgan.

“Yulduzli tunlar” zamonaviy oʻzbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi. Qodirov 80-yillarda „Yulduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“ („Akbar“) romanini yozgan. 1982-yil muallif roman uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

“Yulduzli tunlar” dunyoning bir necha tillariga,   jumladan, rus, qoraqalpoq, qirgʻiz, qozoq, urdu, turkman, hind, bengal, turk tillariga tarjima qilingan. 2022-yil esa yapon tiliga ham tarjima qilingan[15]. Asar ikki marta ingliz tiliga oʻgirilgan. Ilk bor 2019-yil Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlari Ilhomjon Toʻxtasinov, U. Yoʻldoshev va A. Hamidovlar qilgan tarjima „Starry Nights: Babur“ nomi bilan bosilib chiqqan.

Yuklab olish