Oqsaroy bitiklarida Allohni ulug‘lovchi hamdu sano qanday keltirilgan?

Siz suratda ko‘rib turganingiz Shahrisabzdagi Oqsaroyning o‘ng toq ustuni frizida saqlanib qolgan baxshida matnlardan biri.

Yaʼni baxshida matnning bir qismi o‘ng toq ustunning frizida – izorasida ham saqlanib qolgan. Ushbu bitik ko‘k fonga oq rangdagi yirik-yirik harflar bilan suls xatida yozilgan, diakritik belgilar birmuncha muntazam qo‘yib chiqilgan, bu esa ayrim so‘zlarda yo‘qolgan joylarni ortiqcha qiyinchiliksiz tiklashga imkon berdi.

Ushbu bitik polosasi tepa qismida kuchli uslublashtirilgan kufiy xatida zarhal harflar bilan yozilgan sentensiya ko‘p marta takrorlangan. Bu الحمد لله – «Alloh – maqtovga loyiq» degan odatdagi Allohni ulug‘lovchi hamdu sano iborasidir.