Alisher Navoiy «Xamsa»sining to‘rtinchi dostoni «Sab’ai sayyor»dir.
Unga ishlangan suratlarda «temuriylar merosi» sezilib turadi. XV asr oxiridagi Hirot aholisining kiyimlari va Bahrom Go‘r yetti tunni o‘tkazadigan turli rangli saroylarning tasviri an’anaviy qurilish (kompozitsiya)ga ega. Nizomiy «Xamsa»sining suratli bezaklari shunday edi. Nizomiydagi ba’zi sahnalar Navoiyning «Layli va Majnun» dostonida qaytarilib, oldingi an’analarga qaragan holda bajarilgan. Shubhasiz, «Layli va Majnun maktabda», «Shopur Farhodga Shirinning maktubini bermoqda» kabi miniatyuralar nisbatan bo‘shroq chiqqan.
Ularni o‘tlar va gullarning yashil foni, odamlar gavdasi va yuz o‘lchamlari mos kelmasligi, gavda holatining noto‘g‘riligi, kompozitsiyaning umumiy muvozanati buzilganligi birlashtirib turadi.