Amir Temur hijriy 799 yili (1397 yil) nomdor turkiy tasavvuf olimi Xoja Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat qilgani Yassi shahri (Qozog‘istonning Turkiston shahri)ga kelganda bu yerda maqbara qurishga buyruq bergan.
Keyingi yildayoq maqbara binosining old qismlariga to‘liq ishlov berilgan. Shuningdek, maqbara ning ehtiyojlari uchun bronza (jez) buyumlar ham berib yuborilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi – katta qozon, oltita shamchiroq va binoning eshiklari peshtoqi va maqbara yoniga juft qilib qo‘yilgan to‘rtta halqa bugungi kunga qadar yetib kelgan.
Shamchiroq Yaqin Sharqda XIV asrda shakllangan, ustiga silindr yoki qo‘shimcha shar shaklidagi idish qo‘yilgan maʼlum asosdagi buyumlar turkumiga kiradi. XIII–XIV asrlarda baʼzida bunday idishlar asosiga haqiqiy shamdonlar ham mahkamlangan. Bu buyumlarni shamdonlar deb noto‘g‘ri atash ham aynan mana shundan kelib chiqqan.
Biroq Mashhaddagi Imom Rizo muzeyida saqlanayotgan mana shunday asosli buyumning (1458–1459 yy.) tagida “masrajosh” (“shamchiroq”) yozuvi tushirilgan. Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasidan topilgan shamchiroqning bezagi o‘n bitta naqshli yo‘llardan iborat.
Uning o‘rta qismida suls xatida arabcha «Bu oliy hazratlari, dono, tinchlik va eʼtiqodning adolatli hukmdori Amir Temur Ko‘ragoniyning buyrug‘i bilan yasalgan, uning davlati va shonini Alloh abadiy qilsin» yozuvi va «Bu oliy hazratlari, dono, odil, adolatli hukmdor buyrug‘i bilan yasalgan. Unga shon, baxt, [va] qudrat, [va] farovonlik, [va] tinchlik bo‘lsin. Bu oliy hazratlari, adolatli hukmdor… buyrug‘i bilan yasalgan. Unga shon, [va] baxt, [va] qudrat, [va] farovonlik bo‘lsin» yozuvlari tushirilgan
Uning asosi pastki chetida mazkur yozuv o‘yib tushirilgan: «799-yilning muborak Ramazon oyi 2-kunida qul Izzaddin Tojiddin Isfaxoniy tomonidan yasalgan». Bu yozuvni uchta sababga ko‘ra dastlabki yozuv deb tan olib bo‘lmaydi: 1) Boshqa yozuvlar tilla va kumush bilan qadama tarzda yozilgan bo‘lsa, bu yozuv o‘yib yozilgan; 2) U sham chiroqning naqshi bilan uyg‘unlashmagan, balki naqsh tushirilmagan joyga o‘yib tushirilgan; 3) uchala shamchiroqda ham ish tugallangan sanasi bir xil – 799-yil Ra mazon oyining 20 kuni/1397-yil 17-iyun; mazkur ashyolar o‘lchami kattaligini hisob ga olsak, bunga ishonish qiyin.
Yozuvlardan birida Amir Temurning nomi keltirilgan. Bu yozuv uning vafot etgan yili, yaʼni 1405-yilga qadar bitilgan bo‘lsa kerak. Biroq bu shamchiroqning aynan Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun mo‘ljallangani haqidagi savolga aniq javob berish qiyin. O‘z navbatida bu ikki yozuvning dastlabki «Bu oliy hazratlari, dono, tinchlik va eʼtiqodning adolatli…» so‘zlari, bezakli va yozuvli jimjimador lavh, harflar va islimiy naqshlarning orasini erkin shaklda to‘ldirish kabi unsurlar bu shamchiroqning yasalishida shomlik ustalar ishtirok etganidan dalolat beradi.