TUG'ISHGANLIK, TUG'ISHGANLIK

Ushbu kitobning nomi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpoiston xalq shoiri Ibroyim Yusupovning quyidagi sheʼridan olingan:Tarixlarga guvoli so‘z,Har bir dardga davoli so‘z.Vafoli so‘z, duoli so‘zTug‘ishlanlik, tug‘ishganlik.Darhaqiqat, bir vatanda yashab, bir-birining oru nomusi uchun kurashgan, bir oilaning bolalarday yashagan o‘zbek va qoraqalpoq xalqining qon-qardoshlik, do‘stlik aloqalar yillar, asrlar osha yana-da mustahkamlanib borayotir. Bir havodan nafas olib, bir quyosh ostida totuvlik va og‘izbirchilikda hayot kechirayotgan ikki xalq quvonchni ham, qayg‘uni ham teng baham ko‘rib kelmoqda. O‘zaro adabiy aloqalar ham yana-da rivojlanib bormoqda.   Ushbu kitobda o‘zbek so‘z zargarlarining qoraqalpoq xalqiga bo‘lgan yuksak hurmati, tug‘ishganlik tuyg‘ulari, iliq sezimlari izhor etilgan.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Uzbek