
Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida "Vatan manzumasi" nomli adabiy-maʼrifiy kecha bo‘lib o‘tdi.Tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, el-yurt farovonligi uchun safarbarlik, vatanparvarlik, mardlik va jasorat singari ezgu fazilatlar aks ettirilgan mazkur adabiy-maʼrifiy tadbirda turli soha vakillari, harbiy xizmatchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.Mudofaa vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbir barchaga manzur bo‘ldi. Unda marhum va zamondosh shoirlarning vatan, xalq, ona kabi mavzulardagi sheʼrlari o‘qib eshittirildi. Yosh ijodkorlar ham o‘z ijod mahsullarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola qildi. Sanʼatkorlarning yurt, ona mavzusidagi kuy-qo‘shiqlari, ayniqsa, harbiylarning chiqishlari yig‘ilganlarni xushnud etdi. Bu vatanparvarlikning haqiqiy tarannumi bo‘ldi.Kecha yakunida 2000 yil avgust oyida Surxondaryo viloyati Uzun va Sariosiyo tumanlarida terrorchilarga qarshi olib borilgan janglarda mardonavor kurashgan va xizmat burchini bajarayotgan chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan mard va jasur yurt o‘g‘lonlari xotirasiga hurmat bajo keltirildi.O‘zA

Sayt xaritasi
Maxsus imkoniyatlar


